Akbar Jo‘rayev Osiyoning mutlaq chempioni bo‘ldi
Sportchi uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Olimpiya chempioni va medal sovrindori Akbar Jo‘rayev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
109 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Akbar Jo‘rayev triatlon bahslarida (183, 223 va 406 kilogramm) barcha yo‘nalishlarda yuqori natija ko‘rsatib, uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Xuddi shu vazn toifasida ishtirok etgan Sharofiddin Amriddinov Jo’raevdan keyingi eng yaxshi natijani (181, 214 va 295 kg) qayd etdi va uchta kumush medal bilan taqdirlandi. Ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida uchta oltin, uchta kumush va beshta bronza bor.
Avvalroq O‘zbekistonda “Prezident olimpiadasi” o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Turli sport turlari bo’yicha musobaqalar g’oliblari qimmatbaho sovg’alar: avtomobil va uy-joy bilan taqdirlanadilar.
Izohlar