“Barsa”ning 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamal dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi
Xalqaro sport tadqiqotlari markazining fikricha, sportchining narxi 400 million yevrodan oshadi.

Lamin Yamal “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng Xalqaro sport tadqiqotlari markazi talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, atigi 17 yoshli futbolchining narxi 402,3 mln yevroni tashkil qiladi. Yanvar oyida futbolchining narxi 108,3 mln yevroni tashkil qilgandi.
Top-10 reyting ro‘yxatiga quyidagilar ham kiritilgan:
- Erling Holand, “Manchester Siti” — 239,6 mln yevro;
- Jud Bellingem, “Real Madrid” — 233,8 mln yevro;
- Kilian Mbappe, “Real Madrid” — 192,5 mln yevro;
- Jamal Musiala, “Bavariya” — 154,8 mln yevro;
- Pedri, “Barselona” — 143,7 mln yevro;
- Vinisius Junior, “Real Madrid” — 130,4 mln yevro;
- Koul Palmer, “Chelsi” — 126,5 mln yevro;
- Xulian Alvares, “Atletiko” — 126 mln yevro;
- Florian Virts, “Bayer” — 122,3 mln yevro.
Futbolchilarning transfer qiymatini baholash CIESning o‘z iqtisodiy algoritmi bo‘yicha amalga oshiriladi. U o‘yinchilarning shartnomalarida ko‘rsatilgan to‘lov miqdoriga bog‘liq emas.
Avvalroq “Man Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning bozor narxi ma’lum bo‘lgandi.
Izohlar