Sport

Erik ten Hag rasman “Bayer” bosh murabbiyiga aylandi

Niderlandiyalik mutaxassis futbol klubi bilan 2027-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Erik ten Hag rasman “Bayer” bosh murabbiyiga aylandi

Niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Hag 2027-yilgacha “Bayer” bosh murabbiyiga aylandi, deya xabar bermoqda jamoa matbuot xizmati.

55 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi “Manchester Yunayted” bo‘lgan. Ten Hag “qizil iblislar”ni 2022-yil yozidan 2024-yil oktyabrigacha boshqargan.

Uning qo‘l ostida “Manchester Yunayted” Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. Umuman olganda, ten Hag davrida “Manchester Yunayted” barcha musobaqalarda 128 ta o‘yin o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti lavozimini tark etgandi. Italiyalik mutaxassis endi Braziliya terma jamoasini boshqaradi. Italiyalik o‘rniga klubni “Bayer”dan kelgan ispaniyalik Xabi Alonso boshqaradi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid