Sport

“Man Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning bozor narxi ma’lum bo‘ldi

Butun Angliya Premyer-ligasining narxi yarim milliard yevroga tushib ketdi.

“Man Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning bozor narxi ma’lum bo‘ldi

Transfermarkt portali futbolchilar, jumladan Abduqodir Husanovning yangi bozor baholarini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasi amalda 516,58 mln yevroga arzonlashgan, biroq 11,3 mlrd yevro ko‘rsatkich bilan hamon jahon futbolidagi eng qimmati bo‘lib qolmoqda.

Eng ko‘p qimmatlaganlar:

  • “Nyukasl” hujumchisi Aleksander Isak — 120 mln yevro (+20 mln);
  • “Bornmut” himoyachisi Din Xyusen — 60 mln yevro (+18 mln);
  • “Arsenal” yarimhimoyachisi Maylz Lyuis-Skelli — 45 mln yevro (+17 mln yevro).

“Man Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Husanovning bozor narxi o‘zgarishsiz qoldi. Futbolchi hamon 35 mln yevroga baholanmoqda.

Avvalroq Abduqodir Husanov O‘zbekiston tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Mavzuga oid