Sport

Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue bilan jang qiladi

Jang Tokioda bo‘lib o‘tadi.

Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue bilan jang qiladi

O‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevning yangi raqibi ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi eng yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev 14 sentyabr kuni Tokioda raqibi bilan jang qiladi. O‘zbekistonlik sportchi 2024-yil 15-dekabr kuni WBA yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik jahon chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng mutlaq chempion Naoe Inoue bilan jang qildi.

Jangchi Rikardo Espinosani uchinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi, shundan so‘ng u mutlaq chempion Naoe Inoue bilan jang qilishga tayyorligini aytdi va yaponiyalik bokschini WBA bo‘yicha majburiy himoyani o‘tkazish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, Naoya Inoue (28−0, 25 KO) amaldagi mutlaq jahon chempioni hisoblanadi va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan holda to‘rtta vazn toifasini zabt etishga muvaffaq bo‘lgan. Jangchi Butunjahon boks kengashi, Butunjahon boks tashkiloti, Xalqaro boks federatsiyasi va Butunjahon boks assotsiatsiyasi chempionlik unvonlariga ega.

Avvalroq boks 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi haqida xabar berilgandi. Olimpiya boksini World Boxing xalqaro boks federatsiyasi rivojlantiradi.

Izohlar

Mavzuga oid