Sport

O‘zbekistonlik kamonchilar Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi

Turnirda 9 ta davlatdan 100 ga yaqin tajribali sportchilar o‘zaro kuch sinashdi.

O‘zbekistonlik kamonchilar Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi

Toshkentdagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 19-may kuni kamondan otish bo‘yicha «Alpomish va Barchinoy» III xalqaro turniri yakunlandi, deb xabar bermoqda Kamondan otish federatsiyasi matbuot xizmati.

Turnirda 9 ta davlat: O‘zbekiston, Gruziya, Turkiya, Hindiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiyadan 100 ga yaqin tajribali kamonchilar o‘zaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi va mamlakat madhiyasi to‘rt marta yangradi.

Ushbu musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan kamonchilarni munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon kubogida birinchi o‘rinni egallagan edi. MOQ xabariga ko‘ra, ushbu g‘alaba tarixiy bo‘lib, o‘zbekistonlik sportchi Italiya va Janubiy Koreya terma jamoalari a’zolarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar

Mavzuga oid