Xabi Alonso “Real” bosh murabbiyi etib tayinlandi
Mutaxassis uch yillik shartnoma imzoladi.

Madridning “Real” klubi Xabi Alonso bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy bayonotida aytilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, 43 yoshli mutaxassis 2028-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Alonso 1-iyundan ish boshlaydi.
Ispaniyalik futbolchi 2022-yil oktyabr oyidan beri Germaniyaning “Bayer” klubini boshqargan va klub bilan Bundesliga (birorta ham mag‘lubiyatsiz) va Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan. 2009-2014-yillarda Xabi “Real”da futbolchi sifatida o‘ynagan va klub bilan oltita sovrin, jumladan La Liga va Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti lavozimini tark etgandi.
Izohlar